00:18 / 09.01.2019
3 421

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi (foto)

Umid Ahmadjonov O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi (foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Ummonga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi. Umid Ahmadjonov ertangi o‘yin oldidan vakillarimizga omad tilab, O‘zbekistonda barcha terma jamoaning g‘alabalarini intiqlik bilan kutayotganini haqida gapirdi.

"O‘zbekistonda barcha sizlarga ko‘z tikib turibdi. Har kungi mashg‘ulotlaringiz, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatib bormoqdamiz. Ertaga chiroyli o‘yin namoyish qilib, millionlab futbol muxlislarini, butun o‘zbek xalqini xursand qilishingizni tilab qolamiz. O‘z o‘rnida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor. Bosh murabbiyning barcha talablarini bajarib kelyapmiz. Bundan bu yog‘iga ham bajarimiz. Har bir g‘alaba uchun O‘FA tomonidan mukofot pullari ajratiladi. Lekin bu asosiysi emas. Asosiysi Vatan uchun, ota-onangiz, yaqinlaringiz, xalqingiz uchun to‘p suring! Butun fikru xayolingiz faqat g‘alabaga qaratilsin. Chempion bo‘lish vaqti keldi. Nasib qilsa, Osiyo Kubogini o‘zimiz bilan O‘zbekistonga olib borib, muxlislarimizni, xalqimizni, muhtaram Prezidentimizni xursand qilamiz. Mana shu maqsad yo‘lida barchamiz bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishimiz kerak", - deya o‘z fikrlarini yakunladi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng so‘z navbati milliy jamoa ustozi Ektor Kuperga berildi: "Terma jamoa bir maqsad yo‘lida birlashgan. G‘alaba uchun borimizni berishga tayyormiz. Mukofot pullari ikkinchi darajali masala. Futbolchilar terma jamoa tarkibida birinchi navbatda Vatan uchun to‘p surishadi. Umid qilamanki, barcha o‘ylagan maqsadlarimizga birgalikda yetamiz", - dedi Kuper.

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov futbolchilar nomidan so‘zga chiqib, Osiyo Kubogida Vatan sharafini munosib himoya qilishga tayyorligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida Odil Ahmedovga 2018 yilning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni topshirildi.


Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov O‘zbekiston MTJ a’zolari bilan uchrashdi (foto)