06:53 / 09.01.2019
3 570

"Navbahor" ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi (foto)

"Navbahor" ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi (foto)
Namanganning “Navbahor” klubi shu kunlarda transfer bozorida juda faol bo‘lmoqda. Kecha serbiyalik himoyachi Slavko Lukich bilan shartnoma imzolagan “lochinlar” bugun ukrainalik hujumchi Aleksandr Kasyan bilan shartnoma imzolashdi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi “Navbahor” safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan. U faoliyati davomida Ukraina o‘smirlar va yoshlar terma jamoasida to‘p surgan. Shuningdek, “Shaxtyor” Donetsk, “Zarya” Lugansk va “Tom” klublari sharafini himoya qilgan. Uning so‘nggi jamoasi Rossiya birinchi divizionida ishtirok etuvchi Kurskning “Avangard” klubi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" ukrainalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi (foto)