23:02 / 09.01.2019
3 467

Osiyo kubogi. Qatar 1-turning soʻnggi oʻyinida Livanni magʻlub etdi

Osiyo kubogi. Qatar 1-turning soʻnggi oʻyinida Livanni magʻlub etdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan oʻrin olgan Qatar va Livan terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi. Ushbu bahsda qatarliklar ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Birinchi boʻlim teng kurashlar ostida oʻtdi, ikki jamoada ham bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa livanliklar juda faol oʻynashdi va bu oʻyinda favorit hisoblangan Qatarni qiyin ahvolga tushirib qoʻyishdi.

Ikkinchi boʻlimni ham Livan futbolchilari faol boshlashdi, biroq hisobni qatarliklar ochishdi. 65-daqiqada Bassim Al-Roviy jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Almoaz Ali raqib posbonidan qaytgan toʻpni boʻsh darvozaga joylab qoʻydi va oʻyinga nuqta qoʻygan golga muallif boʻldi.
Shu tariqa, Ye guruhida vaziyat quyidagicha tus oldi: 1.Saudiya Arabistoni (3); 2.Qatar (3); 3.Livan (0); 4.KXDR (0).

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
Ye guruhi
Qatar – Livan 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar:
1:0 – 65 Al-Raviy, 2:0 – 79 Almoaz Ali.
Qatar – Saad Al-Shiib, Bassim Al-Roviy, Pedro Korreya, Tariq Salmon, Karim Budiaf, Bulem Xavxi, Assim Umar Madibo, Abdulkarim Al-Ali, Akram Hassan Afif, Hasan Al-Haydos, Almoaz Ali.
Livan – Mehdi Xalil, Jon Omari, Jorj Melki, Volid Ismoil, Robert Melki, Ali Hamam, Haytam Favur, Mutax El-Junaydiy, Hassan Maatuk, Hilol Al-Helve, Bassil Yrodi.
Ogohlantirishlar: Melki (24), Maatuk (64).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Qatar 1-turning soʻnggi oʻyinida Livanni magʻlub etdi