06:56 / 10.01.2019
3 586

Eldor Shomurodov: “Asosiysi gol emas, muhimi gʻalaba”

Eldor Shomurodov: “Asosiysi gol emas, muhimi gʻalaba”
Osiyo Kubogi 1-turidan oʻrin olgan Oʻzbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan soʻng gʻalaba toʻpi muallifi Eldor Shomurodov oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Osiyo Kubogidagi birinchi oʻyin boʻlganligi uchun barchada hayajon bilindi. Lekin qiyin boʻlsa ham gʻalabaga erishdik. Bundan barcha xursand. Xudo xohlasa keyingi bahsda bundan yaxshiroq oʻynashga harakat qilamiz”, - deb gap boshladi Eldor Shomurodov.

- Uchrashuv tugashiga 5 daqiqa qolganida zaxiradan tushdingiz. Kuper sizga nimadir dedimi?
- Birinchi toʻpga yugur, imkon qadar yaqinroq oʻynadi deb aytdi.

- Gol urilgan vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Ikrom menga pas berdi, bu shunchaki oʻyindagi vaziyat boʻldi. Muhimi gol emas, muhimi gʻalaba.

- Osiyo Kubogidagi debyut uchrashuvida gol urdingiz...
- Toʻgʻrisi bu haqda oʻylamadim. Lekin gʻalaba qozonganimizdan xursandman.

- Keyingi bahs Turkmaniston bilan. Bugun qoʻshnilarimiz Yaponiya bilan deyarli tengma-teng oʻynashdi...
- Turkmaniston ham yaxshi jamoa ekanligini koʻrinib turibdi. Lekin bugun ilk uchrashuvda yutib oldik, oʻylaymanki keyingi bahsda bundan yaxshiroq oʻynaymiz.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: “Asosiysi gol emas, muhimi gʻalaba”