Osiyo kubogi. Bahrayn kutilmaganda Taylandga yutqazib qo‘ydi

  • 10 yanvar 2019, 18:02
  • 739
  • Sport
  • Osiyo kubogi. Bahrayn kutilmaganda Taylandga yutqazib qo‘ydi
    Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 2-turidan o‘rin olgan Bahrayn va Tayland terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda taylandliklarning qo‘li baland keldi.

    Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va birinchi bo‘lim imkoniyatlar kam bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Chanatxip Songkrasin sharqiy osiyoliklarni oldinga olib chiqdi.
    Shundan so‘ng ustunlik nominal mezbonlar tomoniga o‘tdi, biroq arablar hisobni o‘zgartira olishmadi.

    Shu tariqa, murabbiyning almashtirilishi Taylandliklarga muvaffaqiyat olib keldi. Ushbu bahsdan so‘ng guurhdagi vaziyat hozircha bunday ko‘rinishga keldi: 1. Hindiston – 3 ochko (1 o‘yin); 2. Tayland – 3 (2); 3. BAA – 1 (1); 4. Bahrayn – 1 (1).
    Osiyo Kubogi, 2-tur
    Bahrayn – Tayland 0:1 (0:0, 0:1)
    Gol:
    0:1 – 59 Songkrasin.
    Bahrayn – Sayid Alaviy, Hamid Al-Shamsan, Sayid Isa, Volid Al-Hayam, Ali Juma, Sayid Dhiya, Ali Al-So’fi, Komil Alasvod, Ali Ma’dan, Muhammad Maroon, Muhammad al Romayhi.
    Tayland – Sivarak Tedsungnen, Txiratxon Bunmatxan, Pansa Xemvibun, Surpan Txongsong, Tristan Do, Adison Promrak, Txitipan Puangchan, Tanavun Kesarat, Chanatxip Songkrasin, Adisak Krayson, Tirasil Dangda.

    Manba: www.uff.uz

    » » Osiyo kubogi. Bahrayn kutilmaganda Taylandga yutqazib qo‘ydi