20:32 / 10.01.2019
3 335

Iordaniya termasi Suriyani mag‘lub etdi va pley-off masalasini hal qilib qo‘ydi

Iordaniya termasi Suriyani mag‘lub etdi va pley-off masalasini hal qilib qo‘ydi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 2-turidan o‘rin olgan Iordaniya va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsada, iordaniyaliklarning hujumlari xavfli bo‘ldi. Bu esa 27-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi, Musa Sulaymon nominal mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim yakunlanishi arfasida Tariq Xattab hisobni 2:0 ko‘rininishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda suriyaliklar biroz jonlangandek bo‘lishdi, biroq Iordaniya darvozasi tomon yo‘l topilmadi.

Shu tariqa, Iordaniya muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi. Agar ertaga Avstraliya termasi Falastindan ochko oladigan bo‘lsa, u holda Iordaniya birinchi o‘rinni naqd qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bizning guruhda ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritgan terma bilan bahs olib boradi.
Osiyo Kubogi-2019, 2-tur
Iordaniya – Suriya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 27 Sulaymon, 2:0 – 43 Xattab.
Iordaniya: Amir Sha’fi, Feras Shilbaya, Anas Bani Yossin, Salim al Ayalin, Tariq Xattab, Xalil Bani Atoyah, Said al Murjan, Yusuf Ravshdeh, Baha Abdulrahmon, Yosin Baxet, Musa Sulaymon.
Suriya: Ibrohim Alma, Muayyad Al Ajan, Ahmad Al Solih, Fahad Yussuf, Jehad Al-Baur, Muhammad Usmon, Abdul Malik Anizon, Mardek Merdikyan, Tamer Haj Muhammad, Umar Al Soma, Umar Xrbin.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Iordaniya termasi Suriyani mag‘lub etdi va pley-off masalasini hal qilib qo‘ydi