23:26 / 10.01.2019
4 151

Osiyo kubogidagi ikkinchi iste’fo!

Osiyo kubogidagi ikkinchi iste’fo!
BAAda o‘tkazilayotgan Osiyo kubogida kutilmagan natijalar qayd etilmoqda. Hozirgina Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd Shtange iste’foga chiqarildi.

Bunga asosiy sabab Suriyaning Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki bo‘ldi. Musobaqani Falastin (0:0) bilan durang o‘ynagan holda boshlagan Shtange shogirdlari, ikkinchi turda Iordaniyaga (0:2) yutqazib qo‘yishdi. Endi 3-turda Suriya Avstraliya imtihonidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, Tailand bosh murabbiyi ham iste’foga chiqarilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogidagi ikkinchi iste’fo!