10:31 / 11.01.2019
3 277

Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Barselona» «Levante»ga yutqazib qo‘ydi

Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Barselona» «Levante»ga yutqazib qo‘ydi
Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Barselona» «Levante» mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida yutqazib qaytdi.

O‘yinning 4-daqiqasidayoq mezbonlar himoyachisi Erik Kabako hisobni ochdi. Bo‘lim o‘rtalarida Borxa Mayoral valensiyaliklarning ustunligini oshirdi. Ikkinchi tarkib bilan harakat qilgan kataloniyaliklar o‘yin oxirida Denis Suaresga ishlatilgan fol uchun belgilangan penaltini Filippe Koutino aniq ijro etishi evaziga hisobni qisqartirishdi.

1/8 final doirasida «Barselona» — «Levante» o‘rtasida javob uchrashuvi 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Katalonlar turnirning amaldagi g‘olibi sanaladi. O‘tgan yili Valverde shogirdlari finalda «Sevilya»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgandi.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Levante – Barselona 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar:
1:0 – 4 Kabako, 2:0 – 18 Mayoral, 2:1 – 85, penalti Koutino.
Levante – Fernandes, Kabako, Rodriges (Djeyson, 69), Postigo, Koke, Kampanya, Prsich, Rochina (Dukure, 75), Saymon, Mayoral, Boateng (Morales, 62).
Barselona – Sillessen, Miranda (Serdji Roberto, 46), Brandaris (Langle, 58), Murilo, Nelson Semedu, Koutino, Vidal, Dembele, Alenya, Malkom (Denis Suares, 67), Buskets.
Ogohlantirishlar: Murilo (22), Alenya (39), Prsich (41), Brandaris (43), Kabako (49), Buskets (74), Mayoral (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Barselona» «Levante»ga yutqazib qo‘ydi