18:06 / 11.01.2019
3 368

Osiyo Kubogi. Avstraliya yirik hisobda g‘alaba qozondi

Osiyo Kubogi. Avstraliya yirik hisobda g‘alaba qozondi
Osiyo kubogining 2-turidan o‘rin olgan Falastin - Avstraliya uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvning 18-daqiqasida hisob ochildi. Jeymi Maklaren havodan uzatilgan to‘pga boshi bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

20-daqiqada Aver Mabilning yaqin masofadan bergan zarbasi golga aylandi. Uchrashuvning 89-daqiqasida Apostolos to‘pga boshi bilan zarba berib, hisobni o‘zgartirdi, 0:3.

Osiyo Kubogi-2019. 2-tur
"B" guruhi
FALASTIN - AVSTRALIYa 0:3

Dubay. "Al Maktum" stadioni.
Gol: Jeymi Maklaren (18, 0:1), Aver Mabil (20, 0:2), Apostolos Jianu (89, 0:3).
Falastin - 22. Rami Hamada, 6. Shadi Shaban, 7. Musab Battat, 8. Jonatan Zorilya (Oday Dabagx, 57), 9. Tamir Seyam, 14. Abdallax Jaber, 15. Abdulatif Al Baxdari, 19. Mahmud Vadi (12. Holid Salim, 78), 20. Natmi al-Badavi (3. Muhammad Rashid, 71), 21. Aleksis Norambuyena, 23. Muhammad Darvish.
Avstraliya - 1. Metyu Rayan, 2. Milosh Degenek, 4. Rayan Grant, 5. Mark Milligan, 9. Jeymi Maklaren (14. Apostolos Jianu, 82), 15. Kris Ikonomidis, 16. Aziz Bexich, 20. Trent Sensburi, 21. Aver Mabil, 22. Jekson Irvin, 23. Tomas Rogich (Massimo Luongo, 75).
Ogohlantirish: Jonatan Zorilya (35), Tomas Rogich (56), Trent Seynsburi (83).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Avstraliya yirik hisobda g‘alaba qozondi