20:32 / 11.01.2019
3 084

Osiyo Kubogi. Xitoy yirik hisobda g‘alaba qozondi

Osiyo Kubogi. Xitoy yirik hisobda g‘alaba qozondi
Osiyo Kubogining 2-turidan o‘rin olgan Filippin - Xitoy uchrashuvi yakunlandi. Uchrashuvning 40-daqiqasida xitoylik Vu Lei hisobni ochdi.
O‘yinning 66-daqiqasida Vu Leyning yana bir ajoyib zarbasi golga aylandi. 80-daqiqada zahiradan tushgan Yu Dabao hali oyoq bilan to‘pga tegmasidan boshi bilan bergan zarbasi orqali hisobni yiriklashtirdi. Shunday qilib Xitoy ushbu uchrashuvda Filippinni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Osiyo Kubogi-2019. "C" guruhi
FILIPPIN - XITOY 0:3
Abu-Dabi. "Muhammad Bin Zayed" stadioni.
Gol:
Vu Ley (40, 0:1), Vu Ley (66, 0:2), Yu Dabao (80, 0:3).
Filippin - 15. Mixael Falkesgard, 2. Alvaro Silva, 3. Karlos Alberto (Fil Yangxazbend, 66), 4. Jon-Patrik Shtraus (8. Manuel Ott, 86), 6. Lyuk Vudland, 11. Daysuke Sato, 12. Stefan Palla, 14. Kevin Ingreso, 17. Stefan Shryok, 18. Patrik Reychelt (19. Kyurt Dizon, 88), 20. Xaver Patino.

Xitoy - 1. Yang Junling, 4. Shi Ke, 5. Jang Linpeng, 6. Feng Ksiaoting, 7. Vu Lei, 8. Jao Ksyuri (20. Yu Xanchao, 72), 10. Jeng Ji (13. Chi Jongguo, 83), 11. Xao Junmin, 15. Vu Ksi, 18. Gao Lin (22. Yu Dabao, 80), 19. Liu Yang.
Ogohlantirish: Alvaro Silva (34), Daysuke Sato (55), Feng Ksiaoting (73).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Xitoy yirik hisobda g‘alaba qozondi