23:50 / 11.01.2019
5 955

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Dubayda bayram dasturxoni yozildi (foto)

O‘zbekiston terma jamoasi uchun Dubayda bayram dasturxoni yozildi (foto)
Bugun O‘zbekiston MTJ a’zolari Dubay shahrida navbatdagi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Mashg‘ulotdan keyin futbolchilar uchun "Crowne Plaza" mehmonxonasida o‘zbekona tadbir tashkil etildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA mutasaddilari va Osiyo Kubogini yoritish uchun O‘zbekistondan tashrif buyurgan OAV xodimlari ishtirok etishdi. Umid Ahmadjonov futbolchilar bilan uchrashuv chog‘ida ularga Ummonga qarshi o‘yinda qozonilgan g‘alaba uchun minnatdorchilik bildirib, bu yog‘iga ham bo‘shashmasdan harakat qilish kerakligini, butun o‘zbek xalqi terma jamoamizdan g‘alabalar kutayotganini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz ustozi Ektor Kuper OFK tomonidan taqdim qilingan Osiyo Kubogi bosh sovrini suvenirini Umid Ahmadjonovga topshirdi. O‘FA 1-vitse-prezidenti ushbu Kubokning haqiqiysini Toshkentga olib borish milliy terma jamoamizga nasib qilishini tiladi.

Tadbirga yig‘ilganlarga O‘FA Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan futbolchilarimizning ruhiyatini ko‘taradigan video namoyish qilindi.
Keyin esa estradimiz yulduzlari Jahongir Foziljonov, Qilichbek Madaliyev va Shuhrat Vohidov kabi san’atkorlar o‘z kuy qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlar xush kayfiyat baxsh etishdi.

Tadbir so‘nggida esa futbolchi, murabbiy va OAV xodimlariga o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan o‘zbek taomlari shohi - palov tortildi.
Bu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yurtdan uzoqda bo‘lgan futbolchilarning Vatanga bo‘lgan sog‘inchlarini bir oz bo‘lsada kamaytirish, muhim o‘yin oldidan ularning kayfiyatini ko‘tarish, bir oila sifatida jipslashtirish va kelgusi g‘alabalar sari ruhlantirishdan iborat.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi uchun Dubayda bayram dasturxoni yozildi (foto)