07:53 / 12.01.2019
3 145

Avstraliyalik hujumchi: "O‘zbekiston yoki Yaponiya? Hozir bor e’tibor Suriyaga qaratilgan"

Avstraliyalik hujumchi: "O‘zbekiston yoki Yaponiya? Hozir bor e’tibor Suriyaga qaratilgan"
Falastinga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining 2-tur uchrashuvida gol urgan Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Apostolos Yannu bahs (3:0) haqida fikr bildirdi.
- Falastinga qarshi bahsda g‘alabaga erishganimizdan xursandmiz. Raqibimiz himoyaga yotib oldi, gollarni urish oson bo‘lmadi. Ba’zilar hisob yirikligiga qarab, uchrashuv Avstraliya uchun oson o‘tdi deb o‘ylashlari mumkin. Biroq bunday emas, bu bahsda katta qiyinchiliklarga duch keldik.
Iordaniya bilan uchrashuvdan so‘ng murabbiyimiz Grem Arnold ba’zi futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bugun esa natija ijobiy. Bunday murabbiy qo‘l ostida ishlayotganimdan xursandman.

- Uchinchi turda Suriyani mag‘lub etsangiz, katta ehtimol bilan keyingi bosqichdagi raqibingiz O‘zbekiston yoki Yaponiya bo‘lishi mumkin?
- Keyingi bosqichdagi raqib? Hozir bor e’tiborimiz guruh bosqichining so‘nggi uchrashuviga qaratilgan. Suriyani mag‘lub etish haqida bosh qotirishimiz kerak" - deydi Apostolos Yannu.

Avstraliya terma jamoasi so‘nggi turda Suriyani mag‘lub etsa, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydi va pley-off bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi joy olgan kvartetda ikkinchi bo‘lgan jamoaga qarshi o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliyalik hujumchi: "O‘zbekiston yoki Yaponiya? Hozir bor e’tibor Suriyaga qaratilgan"