00:15 / 12.01.2019
3 418

Qirg‘iziston bosh murabbiyi: "Uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman"

Qirg‘iziston bosh murabbiyi: "Uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman"
Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan Qirg‘iziston - Janubiy Koreya (0:1) uchrashuvidan so‘ng qo‘shnilarimiz ustozi o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin bo‘yicha shogirdlarimga hech qanday e’tiroz yo‘q. Butun o‘yin davomida jamoam munosib o‘ynadi. Ular bilan faxrlanaman. Biz kelajakka optimistik ruhda qaraymiz. Filippin bilan bahsda g‘alaba qozonishga va uchinchi o‘rinni egallab keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman.

Birinchi turda Matyash xato qilgani uchun bugun yosh posbonga imkon berdik va debyut qildi. Men hech qachon futbolchining pasportiga qaramayman.
Standart vaziyatlar bo‘yicha alohida tayyorgarlik ko‘rgandik. Ammo bahsda bulardan to‘liq foydalana olmadik. Hakamlar haqida hech nima demayman. Ularni muhokama qilishni istamayman.

Qirg‘iziston uchun hali musobaqa tugagani yo‘q. Uchinchi o‘rinni olib keyingi bosqichga chiqishimizga shubha qilmayapman. Filippin bilan o‘yinda xuddi bugungidek jangovor ruhda kurashamiz", - deydi Aleksandr Krestinin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qirg‘iziston bosh murabbiyi: "Uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqishimizga ishonaman"