17:30 / 12.01.2019
3 563

"Bunyodkor" Vadim Abramovni tanishtirdi (foto)

"Bunyodkor" Vadim Abramovni tanishtirdi (foto)
Xabaringiz bor, 8 yanvar sanasida "Bunyodkor" rahbariyatida o‘zgarishlar amalga oshirilib, Ulug‘bek Mirzayev klub bosh direktori etib tayinlangan edi. Bugun klub bazasida futbolchilar va murabbiylar bilan klub rahbariyati yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda bir qator masalalar muhokama etildi. Yangi mavsumda klub oldiga qo‘yilgan vazifalar, bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, rejalar bilan tanishtirilgach kun tartibidagi asosiy masala – bosh murabbiy masalasi ko‘rib chiqildi. Klub bosh direktori U.Mirzayev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarib turganligi uchun Shuhrat Maqsudovga minnatdorchilik bildirdi hamda klubning bosh murabbiyi etib Vadim Karlenovich Abramov tayinlanganini ma’lum qildi.

Vadim Abramovga murabbiylar shtabida Marat Miftaxutdinov yordamlashadi. Bosh murabbiy bilan birgalikda klub murabbiylar shtabi masalasi tez orada ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" Vadim Abramovni tanishtirdi (foto)