00:45 / 13.01.2019
2 834

APL. “Chelsi” “Nyukasl”dan ustun keldi

APL. “Chelsi” “Nyukasl”dan ustun keldi
Hozirgina Angliya Premer-ligasi 22-turidan o‘rin olgan "Chelsi" hamda "Nyukasl Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
Londondagi "Stemford Brij" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdilar. 9-daqiqada Pedro hisobni ochdi. Taym so‘nggida esa Kiran Klark muvozanatni tikladi. 57-daqiqada Villian tomonidan kiritilgan gol esa amalda "aristokratlar"ga 3 ochko keltirdi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng "Chelsi" hisobidagi ochkolar soni 47 taga yetdi va turnir jadvalida hamon 4-o‘rinda bormoqda. "Nyukasl" esa 18 ochko bilan jadvalda xuddi shu o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. “Chelsi” “Nyukasl”dan ustun keldi