08:23 / 13.01.2019
2 761

Dillian Uayt Klichkoni nokautga uchratmoqchi

Dillian Uayt Klichkoni nokautga uchratmoqchi
Superog‘ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt ukrainalik afsona Vladimir Klichkoni mag‘lub eta olishini aytdi.
Britaniyalik charm qo‘lqop ustasi biroz avval Klichkoning aynan Uayt bilan jang o‘tkazish uchun ringga qaytayotgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Men bu jangga o‘z roziligimni beraman va Klichkoni nokautga uchrataman. Ha, tan olish kerak u juda ham buyuk jangchi. Joshuani mag‘lub etishiga bir bahya qolgandi. Lekin, hozir mening davrim kelgan. Klichko ayni paytda menga hech qanday muammo tug‘dira olmaydi.

Shu o‘rinda bir narsani aytishim kerak - men Vladimir bilan bir necha yil davomida bitta zalda mashg‘ulot o‘tkazganman. Aytmoqchi bo‘lganim, uning zaif tomonlarini bilaman. U tana qismiga zarba berishni yoqtirmaydi. Asosiy zarbalarini bosh qismiga yo‘naltiradi", - dedi Uayt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dillian Uayt Klichkoni nokautga uchratmoqchi