14:53 / 13.01.2019
2 677

Osiyo Kubogi kundaligi, 12-kun. Biz o‘yinga tayyormiz! Siz-chi?

Osiyo Kubogi kundaligi, 12-kun. Biz o‘yinga tayyormiz! Siz-chi?
Bugun Osiyo Kubogidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin. Juda ham muhim o‘yin. Yon qo‘shnilarimiz turkmanlarga qarshi. Kecha o‘yinoldi rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Turkmanistonlik hamkasblar bilan ko‘rishdik. Bugungi o‘yin haqida fikr almashdik. O‘ylashimcha, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Muxlislarga yoqadigan, tomoshabop. Matbuot anjumanida Ektor Kuper ham buni ta’kidlab o‘tdi.

Anjumandan keyin terma jamoamiz himoyachisi Anzur Ismoilov OFKning hamkori bo‘lgan “Lagardere Sports” agentligi vakillariga intervyu berdi. Anzur bemalol ingliz tilida gaplasha olsa ham, OFK hamkorlari intervyuni rus yoki o‘zbek tilida berishni iltimos qildi. Chunki bu videointervyu OFKning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasiga qo‘yiladi, o‘zbekistonlik muxlislar ham bu intervyuni tushuna olishsin, deb aytib o‘tdi.

Intervyuni tarjimasini esa titrlarda ingliz tilida yozib turamiz, deb qo‘shib qo‘ydi Pol. Aytgancha, uni tanishtirmabman. Pol Uilyams, “Lagardere Sports” agentligi jurnalisti. Aytish kerakki, bizning futbolchilarimizdan intervyu olishni istayotgan xorijiy jurnalistlar ko‘paymoqda. BAAning «Al-Ittihod» gazetasi Fozil Musayevdan intervyu olishgani haqida aytib o‘tgandim. Bu safar ushbu gazetaning boshqa vakili – Munir Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Dostonbek Hamdamov bilan intervyu uyushtirishni so‘radi. Dostonbek har doimgidek kamtarlik bilan BAAning eng ko‘p tirajli gazetalaridan biri bo‘lgan “Al-Ittihod” muxbirining savollariga javob berib o‘tdi.

OAV bilan doimo aloqada bo‘lish, ularning so‘roviga rad javobini bermasdan, imkon qadar o‘z fikrlarini bildirib borish bu ham futbolchi kasbining bir qismi. Quvonarlisi, terma jamoamiz a’zolari OAV bilan aloqadan qochishmayapti. Professional o‘yinchi kabi so‘ralgan paytda (agar mashg‘ulot va kun tartibiga halaqit qilmasa) vaqtda intervyuga rozi bo‘lishmoqda. Bu quvonarli albatta.

Bugungi o‘yinga hamma narsa tayyor. Maydon ideal holatda. Ob-havo ajoyib. Jurnalistlar “qalamlarini charxlab” turishibdi. Futbolchilar allaqachon butsalarini tozalab qo‘yishgan bu uchrashuvga. Xullas, biz tayyormiz, Siz-chi? Milliy terma jamoamizni qit’aning eng nufuzli musobaqasida qo‘llab-quvvatlashga tayyormisiz? Unday bo‘lsa bugun Dubaydagi muxlislarni "Rashid" stadionida, O‘zbekistondagilarni esa ekran qarshisida kutamiz!
Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati
Dubay, BAA

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi kundaligi, 12-kun. Biz o‘yinga tayyormiz! Siz-chi?