15:42 / 13.01.2019
3 121

Hasanboy Do‘smatov: "Men hozircha professional boksga o‘tmayman"

Hasanboy Do‘smatov: "Men hozircha professional boksga o‘tmayman"
Joriy yilgi sport mavsumining dastlabki kunlarida o‘zbek boksiga oid katta shov-shuvlarga boy bo‘lgan xabarlar tarqaldi. Dastlab, ikki yengilmas professional bokschilarimiz Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘rtasida jang bo‘lishi mukinligi bo‘lsa, ikkinchisi kuni kecha Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi Hasanboy Do‘smatov professional ringda debyut qilishi bo‘ldi.

Sports.uz internet portali mahsus muxbiri Hasanboy haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritish borasida iste’dodli sportchimiz bilan uchrashdi.

H.Do‘smatov saytimizning maxsus muxbiriga shunday dedi: "Ha menga professional boksga o‘tish uchun bir qator takliflar bo‘ldi. Bir qancha xorijlik promouterlik kompaniyalari ham jiddiy qiziqish bildirdi. Ammo men murabbiylarim bilan maslahatlashib, hozircha professional boksga o‘tmaslikka qaror qildim. Ayni damda Yangioboddagi o‘quv-yig‘in bazamizda yangi mavsumga tayyorlanmoqdamiz. Men hozircha havaskor boksdaman. Agarda professional ringga ko‘tariladigan bo‘lsam, o‘zim sizlarga birinchilardan bo‘lib xabar beraman".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov: "Men hozircha professional boksga o‘tmayman"