19:18 / 13.01.2019
3 412

O‘zbekiston—Turkmaniston uchrashuvi oldidan statistika nima deydi?

O‘zbekiston—Turkmaniston uchrashuvi oldidan statistika nima deydi?
Bugun, 13 yanvar kuni BAAda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.

O‘FA matbuot xizmati o‘yindan oldin terma jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Turkmanistonga qarshi 9 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 7 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 1 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Turkmaniston ayni paytda FIFA reytingida 127-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 25-pog‘onani egallab turibdi. Turkmaniston Osiyo Kubogi—2019 dan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Yaponiyaga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston — Turkmaniston 2:1 (28.06.1992)
Turkmaniston — O‘zbekiston 1:0 (25.10.1992​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 4:0 (11.04.1994​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 3:0 (11.10.1994​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 1:1 (11.12.1998​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 3:0 (08.10.2000​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 1:0 (25.04.2001​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 5:2 (03.05.2001​)​
O‘zbekiston — Turkmaniston 1:0 (26.07.2004​)​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston—Turkmaniston uchrashuvi oldidan statistika nima deydi?