20:00 / 13.01.2019
3 574

La Liga. Bugun «Real», «Barselona» va «Sevilya» o‘ynaydi (anons)

La Liga. Bugun «Real», «Barselona» va «Sevilya» o‘ynaydi (anons)
13 yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 19-tur bahslari doirasida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotgan «Sevilya» jamoasi esa «Atletik Bilbao» maydoniga safar qiladi. O‘yinga 20:15 da start beriladi.

La Liga jadvalini boshqarib borayotgan Ernesto Valverde qo‘l ostidagi «Barselona» klubi «Kamp Nou» stadionida «Eybar» jamoasini sinovdan o‘tkazadi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.

Shu kuni Santyago Solari boshqaruvidagi «Real Madrid» jamoasi mehmonda «Betis»ga qarshi jang qiladi. O‘yin tunggi vaqt bilan 00:45 da boshlanishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, «Qirollik klubi» La Liga jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.
La Liga
19-tur bahslari

13 yanvar, yakshanba
«Atletik Bilbao»—«Sevilya» 20:15
«Barselona»—«Eybar» 22:30
«Betis»—«Real Madrid» 00:45

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. Bugun «Real», «Barselona» va «Sevilya» o‘ynaydi (anons)