17:54 / 13.01.2019
3 628

OFK Krimetsni 7500 dollar miqdorida jarimaga tortdi

OFK Krimetsni 7500 dollar miqdorida jarimaga tortdi
OFK Tartib-intizom qo‘mitasi Osiyo Kubogiga doir ba’zi qarorlarni qabul qildi.
Jumladan, tashkilot musobaqaning guruh bosqichi 1-turida qizil kartochka olib maydonni tark etgan Yegor Krimetsni jazoladi. Tartib-intizom qo‘mitasi Krimetsning qizil kartochkasini o‘rganib chiqib, uni bitta (1) o‘yinga chetlatdi va 7,500 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi. Markaziy himoyachi bugun bo‘lib o‘tadigan Turkmanistonga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Quyida Tartib-intizom qo‘mitasining musobaqaga oid boshqa qarorlarini keltirib o‘tamiz.

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O‘yin: BAA - Bahrayn (5 yanvar)
Muammo: Raqib futbolchisining kiyimidan tortib to‘xtatib qolgani hamda buning evaziga sariq kartochka olgani uchun
Jazolandi: BAA terma jamoasi a’zosi Amir Abdulrahmonga 5,000 AQSh dollari miqdorida jarima solindi

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O‘yin: Janubiy Koreya - Filippin (7 yanvar)
Muammo: Hakam tomonidan sariq kartochka olgani uchun
Jazolandi: Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Jung Vu Yong 5,000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O‘yin: Suriya - Falastin (6 yanvar)
Muammo: O‘yin davomida ikki bor sariq kartochka olib maydondan chetlatilgani uchun
Jazolandi: Falastin terma jamoasi a’zosi Mohammed Saleh 5,000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi va bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Musobaqa: Osiyo Kubogi-2019
O‘yin: Qatar - Livan (9 yanvar)
Muammo: O‘yin davomida nomaqbul so‘zlarni aytgani uchun
Jazolandi: Livan terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich 7,500 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Barcha jarimalar qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun ichida to‘lanishi shart. Agar bu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, jarima miqdori va jazo turi oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Krimetsni 7500 dollar miqdorida jarimaga tortdi