18:00 / 13.01.2019
3 273

Osiyo kubogi. Qatar termasi KXDR darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi

Osiyo kubogi. Qatar termasi KXDR darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 2-turidan oʻrin olgan KXDR va Qatar terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv oʻz nihoyasiga yetdi. Gollarga boy boʻlgan bahsda qatarliklar yirik hisobdagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Almoaz Ali poker qayd etgan boʻlsa, Bulem Xavxi va Abdulkarim Hassanlar bir martadan raqib darvozasini ishgʻol qilishdi.
Shu tariqa, Qatar muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi. Uchinchi turda Qatar birinchi oʻrin masalasini Saudiya Arabistoni bilan boʻladigan bahsda hal qiladi.
Osiyo Kubogi, 2-tur
KXDR – Qatar 0:6 (0:3, 0:3)
Gollar:
0:1 – 9 Ali, 0:2 – 11 Ali, 0:3 – 43 Xavxi, 0:4 – 55 Ali, 0:5 – 60 Ali, 0:6 – 68 Hassan.
KXDR – Ri Myon Guk, Kim Gyon Hun, Kim Son Gi, Shim Hon Jin, Li Il Chin, Kim Chhol Bom, Rim Kvan Hyok, Kim Yong Il, Chon Il Gvan, Ri Un Chhol, Pak Kvan Ryon.
Qatar – Saad Al-Shiib, Bassam Al-Roviy, Pedro Korreya, Tariq Salmon, Abdulkarim Hassan, Bulem Xavxi, Abdulaziz Hatim, Assim Umar Madibo, Akram Hassan Afif, Hasan Al-Haydos, Almoaz Ali.
Ogohlantirishlar: Hassan (7), Ri In Chxol (13), Chon Il Gvan (17), Li Il Chin (17), Kim Yon Il (39), Pak Kvan Ryon (54).
Chetlatish: Chon Il Gvan (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi. Qatar termasi KXDR darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi