00:26 / 14.01.2019
3 429

Javohir Sidiqov: "O‘yindan oldin sheriklarim gol urasan deyishgandi..."

Javohir Sidiqov: "O‘yindan oldin sheriklarim gol urasan deyishgandi..."
Osiyo Kubogi 2-turidan o‘rin olgan Turkmaniston - O‘zbekiston (0:4) uchrashuvidan keyin Javohir Sidiqov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun hisob yirik ko‘rinish olgani bilan oson o‘yin bo‘ldi deb aytmagan bo‘lardim. Chunki Osiyo Kubogiga kuchsiz jamoalar kelmagan. O‘yinda birinchi va ikkinchi gollarni tezkor ravishda kiritganimiz tufayli raqiblarimiz biroz tushkunlikka tushib qolishdi. Natijada 1-taymning o‘zida hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. Turkmanistonlik futbolchilar Yaponiyaga qarshi o‘yinda katta kuch yo‘qotganlari sababli ham ular tezda tiklana olishmagan shekilli.

O‘yindan oldin sheriklarim bugun gol urishimni aytishgan edi, mana gol urdim. Milliy terma jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shganimdan xursandman. Gol urilgan vaziyatda oyog‘im darvoza ustuniga tegdi. Hozir barchasi yaxshi, o‘zimni yaxshi his qilyapman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Javohir Sidiqov: "O‘yindan oldin sheriklarim gol urasan deyishgandi..."