09:54 / 14.01.2019
3 581

Shomurodovda eng koʻp oʻtkir pas, Shukurovda eng koʻp aniq uzatma va eng koʻp toʻp yoʻqotganlar...

Shomurodovda eng koʻp oʻtkir pas, Shukurovda eng koʻp aniq uzatma va eng koʻp toʻp yoʻqotganlar...
Osiyo Kubogining “F” guruhida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2-turda Turkmanistonni 4:0 hisobida magʻlub etdi va keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Dubaydagi “Rashid Stadium”da kechgan bahsda barcha gollar birinchi boʻlimda urildi. Eldor Shomurodov dubl qayd etgan boʻlsa, Javohir Siddiqov va Jaloliddin Masharipov oʻz nomiga bittadan gol yozib qoʻydi. Quyida uchrashuvga oid baʼzi statistik maʼlumotlar keltirib oʻtiladi.

– Eldor Shomurodov 6 marta pas uzatish orqali jamoadoshini darvozaga zarba berish uchun qulay vaziyatga olib chiqdi, bu - oʻyindagi eng yaxshi koʻrsatkich. Masharipov va Zoteyev ikkitadan oʻtkir pas uzatishdi.

– Oleg Zoteyev yakkakurashlarda eng koʻp qatnashgan oʻzbekistonlik futbolchi boʻldi. U 16 marta raqib bilan toʻp uchun koʻrashib, 56 foiz duelda yutib chiqdi. Zoteyev, shuningdek, Oʻzbekiston tarkibida eng koʻp (4 marta) fol ishlatgan futbolchi ham boʻldi.

– Dostonbek Hamdamovning 4 ta zarbasidan bittasi noaniq chiqdi, uchtasini raqib darvozaboni qaytarib qoldi.
– Shomurodovning darvoza tomon uchta zarbasidan ikkitasi golga aylandi.

– Odil Ahmedov – eng koʻp jarima zarbasini ishlab olgan futbolchi. 76-daqiqada zaxiraga olingunga qadar unga nisbatan 5 marta qoidani buzishdi.

– Islom Toʻxtaxoʻjayev – eng koʻp pas uzatgan futbolchi (78 marta, shundan 70tasi aniq – 90%). Bu yoʻnalishda ikkinchi oʻrindagi Odil Ahmedov 67 ta toʻp uzatishni amalga oshirgan (57 tasi aniq – 85%).

– Toʻp uzatishlarning aniqligi boʻyicha Otabek Shukurov (94% – 51/54) va Anzur Ismoilov (93% – 55/59) eng yaxshi natija koʻrsatishdi.
– Shukurov maydonning ikkinchi yarmiga uzatilgan paslar (19 ta) aniqligi boʻyicha 100 foizlik natija qayd etdi. U bitta golga assistentlik ham qildi.

– Odil Ahmedov – maydonning ikkinchi yarmiga eng koʻp (28 ta) pas uzatgan futbolchi. U oldinga tomon uzatgan toʻplar 74 foiz holatda manzilga aniq yetib bordi.

– Shomurodov dublga erishgan boʻlsa-da, uzatgan paslarining aniqligi boʻyicha foiz hisobida darvozabon Nesterovdan keyin ikkinchi eng yomon natijani qayd etdi: uning 21ta toʻp oshirishidan 15 tasi (71 foiz) aniq boʻldi.

– Masharipiv va Zoteyev toʻpni eng koʻp yoʻqotgan (18 martadan) futbolchilar boʻlishdi. Ahmedov 17 marta toʻpni yoʻqotdi.
– Himoyalanish maqsadida toʻpni uzoqqa tepib yuborish holatlari Toʻxtaxoʻjayevda 4, Zoteyevda 3 marta kuzatildi.

– Oʻzbekiston safida eng koʻp qoida buzgan futbolchilar – Zoteyev va Hamdamov boʻldi. Oleg 4, Dostonbek 3 marta oʻyin qoidasini buzdi.
– Ignatiy Nesterov uchta seyvni amalga oshirdi.

– Siddiqov 2018 yil 19 yanvar kuni Osiyo chempionati U-23 chorak finalida Yaponiya OTJ bilan oʻyinda gol urib hisobni ochgan edi. 2019 yil 17 yanvarida u endi milliy terma jamoalar miqyosida maydonga tushishi mumkin. Bir yil oldingi bahsda Dostonbek Hamdamov ham gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovda eng koʻp oʻtkir pas, Shukurovda eng koʻp aniq uzatma va eng koʻp toʻp yoʻqotganlar...