20:00 / 16.01.2019
4 452

Sardor Rashidov Portugaliyaning «Nasonal» klubiga o‘tdi

Sardor Rashidov Portugaliyaning «Nasonal» klubiga o‘tdi
«Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Sardor Rashidov faoliyatini Yevropada davom ettiradi.
«Temiryo‘lchilar» matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Portugaliyaning «Nasonal» klubi bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Sardor Rashidov faoliyatida «Bunyodkor», Qatarning «Al-Jayish», BAAning «Al-Jazira» klublarida ham o‘ynagan. O‘zbekiston terma jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urgan.

Madeyra orolining «Nasonal» klubi Portugaliya chempionatining 17 turidan so‘ng, 19 ochko bilan 18 ta jamoa ichida 12-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sardor Rashidov Portugaliyaning «Nasonal» klubiga o‘tdi