20:41 / 16.01.2019
3 354

Janubiy Koreya Xitoyni mag‘lub etdi, Qirg‘iziston esa deyarli pley-offda

Janubiy Koreya Xitoyni mag‘lub etdi, Qirg‘iziston esa deyarli pley-offda
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining S guruhidan o‘rin olgan jaomalar 3-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi.
Janubiy Koreya va Xitoy termalari birinchi o‘rin masalasini Abu-Dabi shahrida hal qilishdi. Bu bahsda koreyslar raqiblariga imkon qoldirmadilar.

14-daqiqada Hvan Iy Cho peneltini aniq bajarib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Kim Min Che nominal mezbonlarning ikkinchi golini urdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston termasi Filippin bilan bahs yuritdi. Bu o‘yinda qo‘shnilarimiz ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Qirg‘izlar safida Vitaliy Lyuk xet-trik qayd etdi. Janubiy osiyoliklarning javob to‘piga Stepan Shrek muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Janubiy Koreya (9 ochko); 2. Xitoy (6); 3. Qirg‘iziston (3); 4. Filippin (0).
Qirg‘iziston termasida pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

Osiyo Kubogi-2019, 3-tur
S guruhi
Janubiy Koreya – Hitoy 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 14, penalti Xvan Iy Cho, 2:0 – 51 Kim Min Che.
Janubiy Koreya – Kim Shin Gyu, Kim Min Che, Kim Chin Su, Kim Yon Gvon, Kim Mun Xvan, Xvan In Bom, Chon U Yon, Li Chhon Yen (Chu Se Chon, 81), Xvan Xi Chhan, Xvan Iy Cho (Chji Don Von, 70), Son Hin Min (Ku Cha Chhol, 89).
Hitoy – Yan Szyunlin, U Si (Gao Lin, 61), Shi Ke, Chjan Linpen, Chjen Chji (Chi Chjungo, 57), Szin Szindao, Chjan Chendun, Imin Lyu, Chjao Syuyji, Lyu Yan (Yuy Xanchao, 74), Yuy Dabao.
Ogohlantirishlar: Chao Syuyji (20), Chan Chendun (21), Chjan Linpen (79), Gao Lin (90).

Qirg‘iziston – Filippin 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar:
1:0 – 24 Lyuks, 2:0 – 51 Lyuks, 3:0 – 77 Lyuks, 3:1 – 80 Shrek.
Qirg‘iziston – Kadirbekov, Yusupov, Kozubayev, Kichin, Israilov (Sidiqov, 73), Jirgalbek-uulu, Musabekov (Zemlyanuxin, 80), Sag‘inbayev, Bernxardt, Murzayev (Rustamov, 85), Lyuks.
Filippin – Falkesgor, Alvaro Silva, Sato, Palla (Dayzon, 75), Rid (Yangxazbend, 60), Ott (Yangxazbend, 59), Vudlend, Ingreso, Rayxelt, Shrek, Patino.
Ogohlantirishlar: Palla (2), Kozubayev (12), Musabekov (36), Alvaro Silva (45), Vudlend (66), Bernxardt (66), Ingreso (90).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya Xitoyni mag‘lub etdi, Qirg‘iziston esa deyarli pley-offda