22:59 / 16.01.2019
3 491

Eron birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi, Vetnam termasi Yamanni musobaqadan chiqarib yubordi

Eron birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi, Vetnam termasi Yamanni musobaqadan chiqarib yubordi
Guruh yetakchisi Eron termasi Iroq bilan kuch sinashdi. Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda durang natija qayd etildi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Vetnam terma jamoasi Yaman bilan bahs olib bordi. Bu o‘yinda vetnamliklar 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

38-daqiqada Nguyen Kuang Xay nominal mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 64-daqiqada Kue Ngok Xay penaltini aniq bajarib, o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi.

Guruhdagi vaziyat quyidagicha tus oldi: 1. Eron (7 ochko); 2. Iroq (7); 3. Vetnam (3); 4. Yaman (0).
Shu tariqa, Vetnam pley-off yo‘llanmasi uchun imkoniyatini saqlab qoldi. Bu o‘yindan so‘ng Qirg‘iziston terma jamoasining keyingi bosqichga yo‘l olgani aniq bo‘ldi.

Osiyo Kubogi, 3-tur
Eron – Iroq 0:0 (0:0, 0:0)

Eron – Ali Rizo Beyronvand, Murtazo Puraliganji, Majid Hosayni, , Ehson Hoj Safiy, Ramin Rezoyan, Mehdi Taremi, Omid Ibrohimi, Ashkon Dejagoh, Vohid Amiri, Mehdi Torabi, Serdar Azmun.

Iroq – Jalol Hassan, Ali Adnan, Ahmad Ibrohim, Alaa Ali Ma’vi, Rebin G‘arib, Safaa Hadi, Bashar Bonyan, Hussayn Al-Saidiy, Ahmad Yosin G‘aniy, Mumam Tariq, Muhannad Ali Qadim.
Ogohlantirishlar: Qadim (34), G‘oddos (39), Amiri (68), Ibrohim (78), Adnan (82).

Vetnam – Yaman 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 38 Nguyen Kuang Xay, 2:0 – 64, penalti Kue Ngok Xay.
Vetnam – Dang Van Lam, Kue Ngok Xay, Buy Ten Zung, Doan Van Xau, Nguyen Fong Xong Zuy, Nguyen Chong Xoang, Lыong Syuan Chiong (Nguyen Tiyen Lin, 53), Fan Van Dik (Nguyen Van Toan, 72), Do Xung Zung, Nguyen Kuang Xay, Nguyen Kong Fыong (Chan Min Vыong, 82).
Yaman – Soud Al-Sovadiy, Amar Hamsan, Mudir Abdurabu, Muhammad Barovis, Ala Mahdi, Abdulvasiy Al-Motari, Ala Al-Sasi, Ahmad Al Hayfi, Ahmad Al-Saroriy, Hussayn Al-G‘oziy, Emad Mansur Tovfiq.
Ogohlantirishlar: Maxdi (27), Al-Xayat (37), Al-Gumai (63), Nguyen Kong Fыong (78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi, Vetnam termasi Yamanni musobaqadan chiqarib yubordi