09:30 / 17.01.2019
3 489

Ronaldu «Yuventus» bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi (foto, video)

Ronaldu «Yuventus» bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi (foto, video)
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Italiya Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda A Seriyaning amaldagi g‘olibi «Yuventus» va shu klubga Italiya kubogi finalida yutqazgan «Milan» bahs olib bordi.

O‘yindagi yagona gol 61-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan urildi. U Miralem Pyanich tomonidan jarima maydoniga oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu kubok portugaliyalikning «Yuve»da qo‘lga kiritgan ilk jamoaviy sovrini bo‘ldi.

Ushbu o‘yinga qadar «Milan va «Yuventus» Italiya superkubogida eng ko‘p – 7 marotabadan g‘olib chiqqan klublar bo‘lib turishgandi. Endi «keksa sinora» bu boradagi yetakchilikni qo‘lga oldi.
Italiya Superkubogi
Yuventus – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 61 Ronaldu.
Yuventus – Shchensnы, Bonuchchi, Aleks Sandro, Joau Kanselu, Kellini, Bentankur (Bernardeski, 86), Pyanich (Djan, 65), Matyuidi, Duglas Kosta (Xedira, 89), Ronaldu, Dibala.
Milan – Donnarumma, Sapata, Rodriges, Kalabriya, Romanoli, Lukas Paketa (Borini, 71), Bakayoko, Kastilexo (Iguain, 71), Kessie, Chalxano‘g‘li, Kutrone (Konti, 79).
Ogohlantirishlar: Chalxano‘g‘li (21), Aleks Sandro (26), Pyanich (44), Kastilexo (45), Romanoli (74), Kalabriya (82), Rodriges (87), Dibala (90).
Chetlatish: Kessie (73).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu «Yuventus» bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi (foto, video)