09:25 / 18.01.2019
3 388

Oʻzbekiston aniq uzatmalar va toʻpga egalik qilishda Yaponiyadan ustun keldi (video)

Oʻzbekiston aniq uzatmalar va toʻpga egalik qilishda Yaponiyadan ustun keldi (video)
Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichining soʻnggi turida Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Eldor Shomurodovning hisobni ochishiga yaponlardan Yoshinori Muto va Sukasa Shiotani javob goli qaytarishdi.

Quyida Al-Ayndagi “Xalifa bin Zayd” stadionida 7005 nafar muxlis qarshisida oʻtgan oʻyinning baʼzi statistik maʼlumotlariga toʻxtalib oʻtamiz.

YAPONIYA – OʻZBЕKISTON
Jami zarbalar: 14 – 10
Darvoza sohasiga: 5 – 2
Jarima maydoni tashqarisidan: 9 – 4
Jarima maydoni ichidan: 5 – 6
Zarbalar aniqligi: 42% – 29%

Toʻpga egalik qilish: 43,3% – 56,7%
Yakkakurashlarda gʻolib chiqish: 48% – 52%
Havodagi yakkakurashlarda gʻolib chiqish: 52% – 48%
Raqib pas uzatgan vaqtda toʻpni egallab olish: 7 – 7
Offsaydlar: 1 – 0
Burchak zarbalari: 4 – 7

Jami uzatmalar: 426 – 556
Uzoq masofaga paslarning ulushi: 11% – 14%
Uzatmalar aniqligi: 83% – 86%
Maydonning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan uzatmalar aniqligi: 77% – 80%
Krosslar: 14 – 23
Muvaffaqiyatli krosslar: 21% – 17%
Himoyadan toʻpni uzoqqa tepib yuborish: 20 – 17
Oʻyin qoidasini buzish: 17 – 10
Sariq kartochkalar: 2 – 2

– Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi 10-golini urdi (31-oʻyinida). Unga Doston Hamdamov assistentlik qildi.

– Otabek Shukurov – jami 95 marta toʻp bilan muomalada boʻldi, bu – eng yuqori koʻrsatkich. Toʻp bilan faol oʻynash borasida Ikrom Aliboyev (86) va Javohir Sidiqov (81) keyingi oʻrinlarni egalladi.

– Shukurov va Aliboyev eng koʻp toʻp uzatish boʻyicha ham yetakchilardan boʻlishdi. Otabek 87 marta (14 foizi uzoq masofaga, 89 foizi aniq), Ikrom esa 72ta (14 foizi uzoq masofaga, 86 foizi aniq) pas oshirdi.

– Uzatmalar aniqligi boʻyicha Islom Toʻxtaxoʻjayev va Javohir Sidiqov foiz hisobida eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etishdi. Toʻxtaxoʻjayevning jami 42ta toʻp uzatishidan 95 foizi, Sidiqovning 68ta uzatmasidan 94 foizi manzilga aniq yetib bordi. Farrux Sayfiyev (49ta pas) va Fozil Musayev (39) ham 90 foizlik aniqlikda toʻp oshirgan.

– Sidiqov, Hamdamov va Rashidov uch marotabadan kross amalga oshirishdi. Javohirning uchala krossi ham muvaffaqiyatli chiqdi. Sidiqov darvoza tomon zarba uchun uzatmalar berish boʻyicha ham yetakchi – 4 marta.

– Davron Hoshimov yakkakurashlarda biron marta imkoniyatni boy bermadi. Otabek Shukurov 71 foiz holatda raqib bilan kurashda ustun keldi, havodagi yakkakurashlarning barchasida gʻolib chiqdi.

– Oʻzbekistonning 7 futbolchisi Yaponiya darvozasi tomon zarba yoʻllagan boʻlsa, ulardan 6 nafari faqat bitta zarba bilan kifoyalandi. Bittadan koʻproq zarba faqat Shomurodovda, uning 4ta toʻpidan bittasi golga aylandi. U uch marotaba jarima maydoni ichidan, bir marta tashqarisidan zarba yoʻlladi.

– Yaponlar Davron Hoshimovga nisbatan 4 marta oʻyin qoidasini buzishdi, uning oʻzi esa bironta ham qoidabuzarlik qilgani yoʻq.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston aniq uzatmalar va toʻpga egalik qilishda Yaponiyadan ustun keldi (video)