00:14 / 19.01.2019
3 685

Anzur Ismoilov: "Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q"

Anzur Ismoilov: "Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bo‘lajak raqibimiz Avstraliya kuchli terma jamoa. Ularning tarkibidagi futbolchilar jismonan ancha baquvvat. Ammo bizda ham himoyada baland bo‘yli, jismonan kuchli futbolchilar harakat qilishadi. Biz Avstraliyaga qarshi o‘z o‘yinimizni namoyish qilishga intilamiz. Ularning uzun paslariga qarshi kombinatsion o‘yin namoyish qilamiz, shuningdek, to‘pni ko‘proq nazorat qilishga intilamiz.

Har ikki jamoada chorak finalga chiqish uchun imkoniyatlar bir xil. Ushbu musobaqada favorit sifatida e’tirof etilgan jamoalar mag‘lubiyatga uchraganini ko‘p bor ko‘rdik. Yaponiyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham, jamoa mazmunli o‘yin namoyish qildi. Terma jamoamiz a’zolari o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishayotgani ko‘rinib turibdi. Biz Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q. Ularga qarshi faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz", - deydi Ismoilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov: "Avstraliyadan cho‘chiyotganimiz yo‘q"