Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan revansh jangini o‘tkazish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.
“Yana nima uchun unga revansh berish kerak? O‘tgan jang oldidan u juda ko‘p gapirgandi. Biroq biz oktagonga kirganimizda, uning qo‘lidan hech narsa kelmadi”, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, aralash yakkakurash bo‘yicha jangchilar Nurmagomedov va Makgregorning katta mojaro bilan yakunlangan mushtlashuvi o‘tgan yil 6 oktyabr sanasida Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida o‘tkazilgan edi.
Xabib bo‘g‘uvchi usulni qo‘llab, g‘alaba qozongandi. Ammo keyin oktagon setkasidan sakrab Makgregorning sparring-sherigi Dillon Denis bilan jang uyushtirgandi. Shu tufayli unga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi