22:15 / 19.01.2019
3 184

Osiyo Kubogi 1/8 final. Tailand - Xitoy o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Osiyo Kubogi 1/8 final. Tailand - Xitoy o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Ertaga BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Ulardan birida Al Ayn shahridagi "Xazza bin Zayd" stadionida Tailand hamda Xitoy jamoalari to‘qnash kelishadi. Bugun uchrashuvdan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Marchello Lippi va Sirisak Yodyadtai qatnashishdi.

"Tailand haqida nima deyishim mumkin? Yaxshi jamoa. Ular birinchi turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bosh murabbiyni almashtirishdi va taktikani o‘zgartirib guruhdan chiqa olishdi. Ular butunlay musobaqaga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishdi. Tailand futbolchilari juda ham agressiv va tezkor tarzda o‘ynashadi. Biz aqlli va bunga tayyor bo‘lishimiz darkor.

Vu Ley ertaga maydonga tushishga tayyor. Chorak finalga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.
Filippin bilan o‘yinga o‘xshash tarzda o‘ynashimizga umid qilaman. Sababi raqibga ko‘p bo‘sh joy berish kerak emas", - deydi Marchello Lippi.

"Men bosh murabbiy bo‘lganimdan so‘ng, jamoaga ijobiy kayfiyatni kiritdik. Shuningdek erkinlik va ijodkorlikni oshirdik. Futbolchilar o‘zlarini yanada ko‘proq namoyish eta olishdi. Natijalar yaxshilanganini ko‘rishingiz mumkin. Umid qilamanki, bu ertaga ham davom etadi.

Xitoyni oxirgi ikki yildan buyon kuzatib kelayapman. Shuningdek Xitoy Superligasi rivojlanishini ham kuzatganman. Xitoy terma jamoasida qaysidir futbolchini alohida ko‘rsatishni xohlamasdim, sababi ularning tarkibida ko‘plab yaxshi o‘yinchilar bor. Ertaga ehtiyotkor bo‘lishimiz va bitta o‘yinchiga emas, butun jamoaga qarshi yaxshi o‘ynashimiz lozim", - deydi Sirisak Yodyadtai.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi 1/8 final. Tailand - Xitoy o‘yini oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi