23:46 / 19.01.2019
3 937

Ignatiy Nesterov: «Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»

Ignatiy Nesterov: «Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»
O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterov Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan O‘FA Matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Avstraliyaga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Tarkibdagi barcha futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Bu o‘yin har ikki jamoa uchun ham birdek muhim. Pley-offda yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Raqibimiz kuchli jamoa, ammo biz g‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Qatar-2011da Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyatni men allaqachon esdan chiqarib bo‘lganman. Bu yoqimsiz xotira, futbolda xotiralar bilan yashamasdan, oldinga qarab intilish zarur. Bu safargi o‘yin biz uchun ijobiy natija bilan yakuniga yetishiga umid bildiryapman. Maqsadimiz ko‘p gol kiritish emas, har qanday hisobda bo‘lsa ham g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olish. Yaponiyaga qarshi o‘yin videoyozuvini birgalikda tomosha qildik, xatolarimizni ko‘rib chiqdik.

Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, Yaponiyaga qarshi o‘yin biz uchun juda muhim bo‘ldi. Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan xato va kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Endi mana shu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang ko‘rasiz», - deydi Nesterov.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ignatiy Nesterov: «Avstraliyaga qarshi o‘yinda maydonda haqiqiy jang bo‘ladi»