13:51 / 20.01.2019
3 935

Jaloliddin Masharipov: "0-6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"

Jaloliddin Masharipov: "0-6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"
Osiyo kubogi-2019 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan Avstraliyaga qarshi bahs oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va Jaloliddin Masharipov o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Birinchi o‘yinda hayajon bor edi. Ammo Turkmanistonga qarshi o‘yinda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik. Murabbiyning barcha ko‘rsatmalarini bajardik. Bu o‘yin o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshirib yubordi. Yaponiyaga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak ham, biz yaxshi o‘ynadik. Bu o‘yindagi mag‘lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi. Hammaning kayfiyati yaxshi. Ertaga g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

Avstraliyani nimalar evaziga mag‘lubiyatga uchratishimiz mumkin? Bu haqida hozir bu yerda gapirishning o‘rni emas. Biz raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rgandik. Murabbiyimizda aniq reja bor. Biz shu rejaga amal qilishga intilamiz.

2011 yilda Qatarda Avstraliyadan yirik hisobda mag‘lub bo‘lganmiz. Ertangi o‘yinda ana o‘sha mag‘lubiyat alamini olmoqchimiz. Bu bizga qo‘shimcha motivatsiya beradi. Ertaga yigitlar bilan maydonga tushib, revansh olishga harakat qilamiz.", - dedi Masharipov.

Manba: O‘FA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: "0-6 hisobidagi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"