21:02 / 20.01.2019
16 736

Eron rahbarining hashamatli hayoti... (foto)

Eron rahbarining hashamatli hayoti... (foto)
Sayyod Ali Husayniy Humayniy 1939 yil 17 iyul kuni Mashhadda ozarbayjonliklar oilasida tavallud topgan. Uning otasi ham, bobosi ham dinga xizmat qilgan. Humayniyni ham o‘smir paytida madrasaga berishdi. 1957 yili Najafga, oradan bir yil o‘tib o‘z davrining ilohiy shaharlaridan biri Kumga ko‘chib o‘tgan. Xuddi shu yerda u Ruxollo Humayniy ismli odam bilan tanishib qolgan. Aynan o‘sha yosh Alida siyosatga katta qiziqish uyg‘ota olgan. Oradan hech qancha o‘tmay, Ali — Humayniy mamlakatdagi shoh faoliyatiga qarshi muxolifatchilar harakati a’zosiga aylandi.

Eronning bo‘lg‘usi rahbari shohga qarshi norozilik aksiyalari, kurashlar davomida Ruxollo Humayniy bilan kamarbasta bo‘ldi. Shu orada 5 marta qamalib ham chiqdi. Lekin kurashishdan to‘xtamadi. 1979 yili Ruxollo Humayniy g‘alabaga erishgach, Majlis deputatiga aylandi. Ma’lum muddat Islom inqilobi qo‘riqchilar qo‘mitasini ham boshqardi.
MA’LUMOT O‘RNIDA:

(Oyatillo Humayniy tuya terisidan tikilgan plashchlarni xush ko‘radi. Xalq qarshisida aksar hollarda qora kiyimda hozir bo‘ladi. Lekin uning kolleksiyasidagi qimmatbaho kiyimlar asosan oq rangda)
«ShOHLARDAN HAM BADAVLATROQMAN…»

Ustozi Ruhollo Humayniy hayot paytida davlat rahbari sifatida kamtarona hayot tarzini kechirib, atigi 200 kv metr hajmdagi uyda yashagan bo‘lsa, Ali Humayniy Eron rahbari lavozimini egallagach, hajmi 1200 kv metrli rezidensiyaga ko‘chib o‘tdi.

Mish-mishlarga qaraganda, bu rezidensiyaning ostida, 60 metr chuqurlikda umumiy maydoni 5000 kv metr bunker bunyod etilgan. Bunker Humayniyni favqulodda yadro hujumidan asrash uchun mo‘ljallangan. Muxolifatchi kuchlarning aytishicha, Humayniyning oilasi Eronning turli burchaklarida joylashgan oltita hashamatli rezidensiyadan ham foydalanadi. Ali Humayniyga ikkita saroy shohdan, yana bir saroy Eronning Amerikadagi sobiq elchisidan meros qolgan.

Eron rahbari Tehron ichkarisida harakatlanishi uchun 17 ta maxsus himoyaga ega avtomobil xizmat qiladi. Avtomobillarning har biri 400 000 dollardan baholangan. Humayniy va uning oilasi uchun ikkita «Boeing 707», beshta «Biznes-Jet Falcon» va beshta vertolyot ajratilgan. Shaxsiy qo‘riqchisi 400 kishidan iborat. Yana 500 nafar tansoqchi oilasi xavfsizligi uchun javob beradi.

Humayniyning shaxsiy boyligi haqida har xil bahs-munozaralar, fikrlar yuradi. Masalan, eronlik kinorejissyor, ssenariychi, muxolifatchi Muhsin Maxmalbof o‘zining 2009 yili chop etgan maqolasida Eron rahbarining hisob raqamida 30 milliard dollar puli borligi haqida to‘xtalgan. Yana oilasi uchun alohida 6 milliard dollar mablag‘ ajratilganini ham aytib o‘tgan.

Humayniy aylanma mablag‘i 96 milliard dollarga teng biznes-imperiyani boshqaradi. Shu biznes uni shohlardan ham badavlatroq shaxsga aylantirgan. Boyliklarining asosini esa o‘ziga tegishli «Setad» kompaniyasi tashkil etadi. Kompaniyaning to‘liq nomi «Setad Ejraiye Farmane Hazrate Emam» (Imom buyruqlarini ado etuvchi Shtab) dir. Shtab 1989 yili Ruhollo Humayniy tarafidan tashkil etilgan.

Humayniy yana qimmatbaho uzuklar kolleksioneri sifatida ham mashhur. Xalq qarshisida har safar barmoqlariga yangidan-yangi uzuklar taqqan holda paydo bo‘ladi.

Hozir unga tegishli «Setad» kompaniyasi neft qazib olish, xususiy mulk oldi-sotdisi, homiladorlikdan saqlanish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish va tuyaqushlarni parvarishlash, ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.
KOLLEKSIONER

Humayniyning eng og‘riq jihatlaridan biri kolleksionerlik hisoblanadi. Aynan uning kolleksiyasida chilim chekish uchun mo‘ljallangan trubkalar bor. Aytishlaricha, Ali Humayniy 1981 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgunga qadar sigaret chekkan. Ammo prezident kursisini egallagach, sigaret chekish davlat rahbarining obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi degan xayolda trubkaga o‘tgan. O‘shanda u bilan bir vaqtda o‘sha paytdagi mamlakat bosh vaziri Husayn Musaviy ham chekishni tashlagan ekan.

Hozir Oyatillo Humayniyning kolleksiyasida 200 xilga yaqin trubkalar bor. Ularning umumiy narxi 2 million dollardan ko‘proqni tashkil etadi.
Kolleksiyani yana qimmatbaho toshlardan tayyorlangan zanjirlar ham bezab turadi. Zanjirlar jami 170 xil bo‘lib, umumiy bahosi 1, 2 million dollarga teng. Eng qadimiy zanjirning yoshi 170 da. Narxi esa 200 000 dollar.

Kolleksiyaning navbatdagi bezagi qadimiy uzuklardir. Ular orasidagi eng qimmat uzuk narxi 500 000 dollar ekan. O‘sha uzuklarni Ali har gal xalq qarshisiga chiqqanda, safarlarga borganda taqadi.
Eron rahbari himoyalangan avtomobillari ko‘pligiga qaramay, tez-tez avtobusda sayr qilishni xush ko‘radi.

Nihoyat kolleksiyadagi yana bir bezak otlar hisoblanadi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Humayniyga tegishli otlarning umumiy narxi 40 million dollarga teng. Eng qimmat oti esa 7 million dollar miqdorida belgilangan.

Ilgari Oyatillo Humayniy tez-tez ot mingan holda tog‘ sayriga chiqib turardi. Ammo 1999 yili otdan yiqilishi, 1981 yili suiqasd uyushtirishlari sababli qo‘li sinishi natijasida egarda o‘tira olmaydigan bo‘lib qolgan. Shuning uchun hozir ot minib sayrga chiqishni yig‘ishtirgan.
BALIQ YeYILADIGAN KUN

1981 yilgi suiqasddan so‘ng, qolaversa, yoshi ham anchagina ulg‘ayib, Oyatillo Humayniy salomatligiga ham alohida e’tibor qaratadigan bo‘lgan. Hozirda 4 nafar vrach doimiy ravishda navbatchilik qiladi. Sayohatga chiqsa, mobil gospital kuzatuvi ostida bo‘ladi. Bir gospital avtobusda, ikkinchisi samolyotda joylashgan.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, ko‘p yil burun vrachlar maslahati bilan Eron rahbari baliq ikrasi iste’mol qiladigan bo‘ldi. Keyinchalik bu prezidentning sevimli taomiga aylandi. Ikra Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Resht shahridan maxsus olib kelinadi. Rahbarning ikra iste’molidagi xavfsizligi uchun mahalliy machit imomi Xayri Sheroziy javobgar etib tayinlangan. Dasturxonga tortishdan oldin ikraga zahar qo‘shilgan-qo‘shilmaganini maxsus uskuna yordamida tekshirib olishadi. Bu uskuna 500 000 dollar evaziga Amerikadan keltirilgan.
Anton ShIRYaYeV
Rus tilidan Olimjon HAYIT tarjimasi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron rahbarining hashamatli hayoti... (foto)