00:02 / 21.01.2019
3 736

Eron termasi Ummonga imkon qoldirmadi va chorak finalchiga aylandi

Eron termasi Ummonga imkon qoldirmadi va chorak finalchiga aylandi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining nimchorak finalidan o‘rin olgan Eron va Ummon terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 2:0 hisobi qayd etilib, forslarning g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvning ilk soniyalaridayoq ummonliklar oldinga o‘tib olishlari mumkin edi, biroq penaltini Beyronvand bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. 32-daqiqada Ali Rizo Jahonbaxsh forslarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 41-daqiqada Ashkon Dejagoh penaltini aniq bajarib, jamoasining ikkinchi golini oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda Eron vakillari o‘yinni nazorat qilishdi va bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Biroq shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Karlush Keyrush shogirdlari to‘rtinchi chorak finalchiga aylanishdi. Eron yarim final uchun kurashda Xitoy bilan bahs yuritadi.

Osiyo Kubogi, 1/8 final
Eron – Ummon 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar:
1:0 – 32 Jahonbaxsh, 2:0 – 41, penalti Dejagoh.
Eron – Ali Rizo Beyronvand, Milod Muhammadiy, Murtazo Puraliganji, Majid Husayni, Ramin Rezoyan, Omid Ibrohimi, Vohid Amiri, Mehdi Taremi, Ali Rizo Jahonbaxsh (Ro‘zbeh Chashmiy, 69), Ashkon Dejagoh (Saman G‘oddos, 78), Serdar Azmun (Ma’sud Shojai, 88).
Ummon – Fayoz Al-Rushaydi, Muhammad Al-Musallami, Saad Al-Muxaiyni, Xolid Al-Birayki, Ali Al-Busaydi, Ahmed Al-Maxajri (Muhsin Al-Holidiy, 81), Saloh Al-Yahyoi, Harib Al-Saadi, Raid Solih, Muhsin Al-G‘assoniy (Muhammad Al-G‘assoniy, 88), Jamil Al-Yahmadiy.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron termasi Ummonga imkon qoldirmadi va chorak finalchiga aylandi