00:36 / 21.01.2019
3 515

Marchello Lippi: "Kechirasiz, bu sir"

Marchello Lippi: "Kechirasiz, bu sir"
Xitoy terma jamoasi ustozi Marchello Lippi Tailandga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi nimchorak final uchrashuvidan (2:1) so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydik. Birinchi bo‘limda bunday kamchiliklar ko‘p bo‘ldi. Biroq ikkinchi bo‘limda 2ta gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdik. Shogirdlarim harakatlaridan mamnunman. Chunki ular uchrashuvning ikkinchi yarmini juda yaxshi o‘tkazishdi. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandman.

Tanaffusda yigitlarga nima dedim? Kechirasiz, tanaffusda aytiladigan gaplar jamoaning ichki siri hisoblanadi. Taktika bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limni 3 nafar himoyachi bilan boshladik. To‘p nazoratidagi ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Yigitlar o‘z imkoniyat darajasida o‘ynashdi.

Bugun ikkita ikki xil taym guvohi bo‘ldik. Qaytaraman, taktikadagi o‘zgarish o‘yinimizni kuchaytirdi. Birinchi golni urish muhim edi. Buni uddaladik" - deydi Marchello Lippi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marchello Lippi: "Kechirasiz, bu sir"