08:23 / 21.01.2019
5 235

Krimets OFK tomonidan yana bir marta jazolandi, bu safar 5,000 AQSh dollariga

Krimets OFK tomonidan yana bir marta jazolandi, bu safar 5,000 AQSh dollariga
BAAda o‘tayotgan Osiyo Kubogi doirasida O‘zbekiston - Yaponiya bahsida terma jamoamiz a’zosi Yegor Krimets raqibni ushlab qolgani uchun sariq kartochka bilan ogohlantirilgandi.

OFK tartib-intizom va etika kodeksining 12-moddasi va Osiyo Kubogi-2019 22-sirkulyar 4.1.2 moddasiga ko‘ra futbolchiga 5,000 AQSh dollari miqdoridagi jarima qo‘llandi.

Eslatib o‘tish joizki, Osiyo chempionatining 1-turi doirasida O‘zbekiston - Ummon uchrashuvida Krimets raqibga nisbatdan "umid folini" qo‘llagani uchun hakam tomonidan qizil kartochka bilan "siylangandi". Bunga javoban OFK tartib-intizom qo‘mitasi ham futbolchini 7,500 AQSh dollari miqdoridagi jarimaga tortgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krimets OFK tomonidan yana bir marta jazolandi, bu safar 5,000 AQSh dollariga