Professional bokschimiz Barselonani nokautga uchratdi

  • 21 yanvar 2019, 12:30
  • 2 802
  • Sport
  • Professional bokschimiz Barselonani nokautga uchratdi
    Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida bokschilarimiz navbatdagi janglarini o‘tkazishdi.

    Hamyurtlarimizdan Abdurasul Ismoilov faoliyatidagi 5-jangini professional ringda bu to‘qnashuvga qadar oz emas, ko‘p emas 105 ta jang o‘tkazgan va shulardan 41 tasida g‘alaba, 63 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan filippinlik tajribali bokschi Jaimi Barselonaga qarshi o‘tkazdi.
    Mazkur jangda Abdurasul raqibini muddatidan oldin nokautga uchratib, beshinchi g‘alabasini nishonladi.

    Yana bir qiziqarli jangda yengilmas Ravshanbek Shermatov (2-0) professional ringdagi uchinchi jangini indoneziyalik Valdo Sabuga qarshi o‘tkazadi. Bu bokschi bunga qadar 26 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba va 13 mag‘lubiyat qayd etgan.
    Olti raund davom etgan bokschilarning ushbu qarama-qarshiligida Ravshanbek ochkolar bo‘yicha raqibidan ustun keldi va mag‘lubiyatsiz seriyasini saqlab qoldi.

    » » Professional bokschimiz Barselonani nokautga uchratdi