Ektor Kuper: "Shogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman"

  • 22 yanvar 2019, 00:14
  • 1 770
  • Sport
  • Ektor Kuper: "Shogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman"
    Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Ektor Kuper ishtirok etdi.
    "Bunday mag‘lubiyatdan so‘ng biror so‘z aytish qiyin. O‘yinchilarim bugungi o‘yin uchun aytilgan barcha ko‘rsatmalarni bajarishdi. Shogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman. Ikkinchi taymda 15-20 daqiqa passiv o‘ynadik. Avstraliya bilan tengma teng o‘yin namoyish etdik. Penaltilar seriyasi bu lotoreya. Bu futbol. Oldinga intilishda davom etamiz", - deydi Kuper.

    - Marat Bikmayevni o‘yin tugashiga ozgina vaqt qolganda tushirishdan maqsad qanday edi?
    - Eldor katta hajmdagi ishni bajardi va charchadi. Uni almashtirish zarur edi. Zaxirada o‘tirgan barcha futbolchilar tayyor edi. Marat terma jamoamizning muhim o‘yinchilaridan biri.

    - Sardor Rashidovni Osiyo Kubogiga olib kelish qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
    - Menimcha bu to‘g‘ri qaror edi. U terma jamoaga kelish uchun ko‘p mehnat qildi. Tarkibdagi barcha yigitlar jamoa uchun harakat qilishdi.

    - O‘yin uchun rahmat. Penaltilar seriyasi lotoreya buni tushunamiz. Oldinda Jahon chempionati saralash bahslari turibdi. Jamoamiz o‘yinini kuchaytirish uchun qaysi kamchiliklar ustida ishlash kerak deb hisoblaysiz?
    - Oldindagi muhim musobaqalarga yanada jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz hozir optimistik ruhdamiz. Avstraliya kabi Osiyo grandlari bilan tengma-teng o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. Endi xatolarni tahlil qilib, o‘yinimizni yanada kuchaytirish uchun ish olib boramiz.

    - Biz kuchli jamoa tuzishga harakat qilyapmiz. Afsuski, Osiyo kubogida ishtirokimizni yakunlashga majbur bo‘ldik. Bu Osiyo musobaqasida kuchli terma jamoalarga qarshi o‘ynadik. Yaponiya, Avstraliya kabi. Ular bilan munosib kurashdik.

    - Bugun Avstraliyaning kuchli tomonini kuchsizlantirishga harakat qildik. Futbolchilar 120 daqiqa davomida maydonda o‘ynashdi, keyin penaltilar seriyasi bo‘ldi. Bu lotoreya, futbolchilar bunga ruhan tayyor bo‘lishi kerak. Biz musobaqadagi barcha o‘yinlarimizni tahlil qilib chiqamiz. Kamchilik va xatolarimiz ustida ishlaymiz. Osiyo Kubogiga qisqa muddat ichida tayyorgarlik ko‘rdik. Shunga qaramay, o‘z o‘yinimizni namoyish qila oldik. Futbolchilar namoyish qilgan o‘yindan qoniqish hosil qildim. Ammo biz ishlashda davom etamiz. O‘yinimizni yanada kuchaytiramiz.

    » » Ektor Kuper: "Shogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman"