00:22 / 22.01.2019
4 473

Aliboyev: "Avstraliyani qay kuyga solganimizni hamma ko‘rdi"

Aliboyev: "Avstraliyani qay kuyga solganimizni hamma ko‘rdi"
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboyev Avstraliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogining nimchorak final o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Bugungi o‘yinda jahonga mashhur Avstraliyani qay kuyga solganimizni hamma ko‘rdi. O‘zbekiston terma jamoasi juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi.
So‘nggi penalti? Oxirgi penaltini Anzur Ismoilov tepishi kerak edi" - deydi Aliboyev.

— O‘yinni avval tashqaridan kuzatdingiz, so‘ngra zaxiradan “qaynagan qozon”ga tashlandingiz, umuman, o‘yindan qoniqdingizmi?
— Avstraliya nafaqat qit’ada, jahon futbolida ham o‘z o‘rniga ega terma jamoa hisoblanadi. Ana shunday terma jamoaga hech bir jihatdan qolishmasdan harakat qildik. Juda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, lekin gol urishning uddasidan chiqolmadik va uchrashuv taqdiri lotereyaga qoldi va omad raqib tomonda bo‘ldi.

Birinchi navbatda, muxlislardan mag‘lubiyat uchun uzr so‘ramoqchiman. Yaxshi o‘yin ko‘rsatish hali g‘alaba degani emas. Kelgusida bizni qo‘llab-quvvatlashdan charchamasliklarini tilab qolaman. O‘zbekistondan Amirliklarga ataylab kelib, shuncha kunlar mobaynida bizni qo‘llab turgan muxlislarga alohida tashakkur bildirmoqchiman.
Bosh murabbiyimiz juda tajribali inson. Xudo xohlasa hali uning qo‘l ostida katta g‘alabalarga erishamiz.

— Keyingi rejalaringiz qanday?
— Hozir O‘zbekistonga borib olganimdan so‘ng Janubiy Koreyaga ishchi viza to‘g‘rilash ishlari bilan band bo‘laman. “Seul” FK bilan uch yillik shartnoma imzolaganman. Klub Yaponiyada mavsumoldi mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi, avval u yoqqa, mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng klub bilan birga Janubiy Koreyaga uchaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aliboyev: "Avstraliyani qay kuyga solganimizni hamma ko‘rdi"