09:28 / 22.01.2019
3 441

Osiyo Kubogi. Bugun chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi

Osiyo Kubogi. Bugun chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi
20-21 yanvar kunlari Osiyo Kubogi chorak finalining uchta juftligi ma’lum bo‘ldi. To‘rtinchi bahs ishtirokchilariga bugun, 22 yanvarda bo‘lib o‘tadigan ikkita o‘yin aniqlik kiritib beradi.

18:00. Janubiy Koreya – Bahrayn

Kunning ilk bahsi Dubayda Janubiy Koreya va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Koreyslar, shubhasiz, juftlik favoriti. Paulu Bentu qo‘l ostidagi jamoa guruh bosqichining uchala o‘yinida ham g‘alaba qozonib, o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Son Hyon Ming 3-turdagi Xitoy bilan o‘yinga yetib kelib, garchi gol urmagan bo‘lsa-da, 7 marta golli vaziyat yaratdi.

Tarkibida asosan mahalliy chempionat vakillari jamlangan Bahrayn esa «A» guruhidan uchinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Bahraynliklar ochilish o‘yinida BAA bilan durang qayd etib, so‘ng Tailandga yutqazishdi, oxirgi turda Hindistonni 90+1-daqiqada penaltidan urilgan yagona gol evaziga mag‘lub etishdi. Jamoa oxirgi 6ta Osiyo Kubogida 2-marta guruhdan chiqa oldi. 2004 yilda Bahrayn yarimfinalgacha yetib borib, Yaponiyaga yutqazgan edi (1:2).

21:00. Qatar – Iroq

Har ikkala jamoa guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. So‘nggi turda Qatar Saudiya Arabistonini mag‘lub etib (2:0), birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan bo‘lsa, Iroq Eron bilan golsiz durang o‘ynadi.

Ta’kidlash kerak, Qatar guruh bosqichida eng ko‘p (10ta) gol urgan jamoa bo‘ldi, Ali Alma’iz 7ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda. U musobaqa bombardiri bo‘lish ehtimoli yuqori, chunki eng yaxshi ta’qibchisi – to‘rtta gol muallifi Eldor Shomurodov turnirni tark etdi. Shuningdek, Qatarning 22 yoshli hujumchisi Akrom Hasan Afif uchta o‘yinda 10ta xavfli vaziyat yaratib, 4ta golga assistentlik qildi va bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha guruh bosqichida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Ushbu gollar samarasi o‘laroq, bu safar qatarliklar o‘z tarixida ilk marta Osiyo Kubogida guruh g‘olibi bo‘lishdi. Bundan avvalgi ikki pley-offda jamoa birinchi o‘yindayoq yutqazgan: 2000 yilda Xitoy, 2011 yilda Yaponiya Qatarni chorak finalda qoldirib ketgan.

Iroq guruhda to‘plar nisbati tufayli Erondan keyin ikkinchi o‘rinni oldi. Srechko Katanets shogirdlari birinchi turda Vetnamni 90-daqiqadagi gol bilan mag‘lub etgan (3:2), keyin Yaman darvozasiga javobsiz uchta to‘p yo‘llagan edi. Ilk raundning eng markaziy o‘yinlaridan biri bo‘lgan Eronga qarshi o‘yinda esa, yuqorida ta’kidlanganidek, 0:0 hisobi qayd etildi. E’tiborlisi, iroqliklar 2007 yilgi Osiyo Kubogida chempionlik bo‘lganlaridan buyon hali musobaqa pley-offining biron o‘yinini g‘alaba bilan yakunlay olishmagan. Uchta mag‘lubiyat va faqat bir o‘yinda durang natija qayd etilib, 2015 yilda penaltilar seriyasiga ko‘ra Eronni ortda qoldirgandi.

Ushbu ikki juftlik g‘olibi yarim final yo‘llanmasi uchun bahsda o‘zaro ro‘baro‘ keladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar chorak finalning quyidagi uchta juftligi oydinlashgan:
24 yanvar: Xitoy – Eron, Vetnam – Yaponiya
25 yanvar. Bugun aniqlanadigan juftlik, BAA – Avstraliya

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi. Bugun chorak finalning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi