08:28 / 23.01.2019
4 216

“Paxtakor” ikkita asosiy raqibining uch futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Paxtakor” ikkita asosiy raqibining uch futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Bugun “Paxtakor” jamoasi ham yangi mavsum oldidan o‘z safiga qo‘shib olgan o‘yinchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun PFLga ariza topshirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

“Paxtakor” jamoasi hozircha 3 nafar yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bular – Akram Komilov, Sardor Sobirxo‘jayev (ikkalasi “Bunyodkor“) hamda Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor“). “Paxtakor” rasmiylari har uchala futbolchi bilan ham tuzilgan shartnomalarni taqdim qildi. PFL endilikda mazkur o‘yinchilar ro‘yxatini Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi.

Alohida qayd etish joizki, qit’a Chempionlar ligasidan farqli ravishda O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida “Paxtakor” safida maydonga tushishda Sardor Sobirxo‘jayevda aslo muammo bo‘lmaydi. Lekin “Paxtakor” jamoasi Superligada o‘ynash uchun futbolchilarini ro‘yxatdan o‘tkazadigan payt kelganida hali 23 yoshga to‘lmagan Akram Komilov uchun uni tarbiyalagan “Bunyodkor” klubiga pul o‘tkazib berilgani to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim bo‘ladi.

Shuningdek, PFL Aziz Turg‘unboyevning “Paxtakor” futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi jarayonida Toshkent klubi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqdi va hozircha ushbu o‘yinchining “Paxtakor” safida o‘ynashiga to‘sqinlik qiluvchi jihat ko‘rayotgani yo‘q. “Navbahor” klubi esa bunday shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilmadi. Agar Aziz Turg‘unboyevning “Navbahor”dan “Paxtakor” safiga ko‘chib o‘tishida qandaydir qoida buzilishi aniqlansa, unda qoida buzgan taraf (futbolchi yoki ikki klubdan biri) albatta jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston vitse-chempioni “Paxtakor” OChL-2019 saralashi ikkinchi o‘tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o‘z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” ikkita asosiy raqibining uch futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi