Joriy yilning 16-23 yanvar kunlari Hindistonning Kalkutta shahrida anʼanaviy karate boʻyicha oʻtgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 11 oltin, 9 kumush, 7 bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida terma jamoamizni vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, sport muxlislari tantanali ravishda kutib oldi.
Hindistonda oʻtgan nufuzli musobaqada qitʼamizning 11 davlatidan kelgan karatechilar sovrinli oʻrinlar uchun bahslashdi. Unda ishtirok etgan 21 sportchimiz Oʻzbekiston karate maktabi salohiyatini yana bir karra namoyish etdi.
Chempionatda Jahongir Abduvahobov, Muzaffar Hojiyev, Hojiahror Ibrohimov, Mehrojiddin Jalolov, Umarxon Muhammadiyev, Sanjar Ulashev, Omina Sulaymonova oʻz vazn va yoʻnalishlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Toshtemir Poʻlatov va Nodirxon Soliyev ikki yoʻnalish boʻyicha oltin medalga ega boʻldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi