«Qo‘qon-1912» safiga serbiyalik futbolchilar kelib qo‘shilishdi

  • 24 yanvar 2019, 09:39
  • 1 084
  • Sport
  • «Qo‘qon-1912» safiga serbiyalik futbolchilar kelib qo‘shilishdi
    Toshkent shahrida mavsumga tayyorgarlik olib borayotgan «Qo‘qon-1912» jamoasi o‘z safini kuchli futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda.
    Hozircha Qo‘qonliklar tarkibiga ikki nafar xorijlik o‘yinchilar kelishdi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bular Marko Milich va yarim himoyachi Nenad Stankovichlardir.

    Marko Milich o‘tgan mavsum ham jamoa safida to‘p surgandi. Nenad Stankovich esa ko‘rikda bo‘lib turibdi.

    Nenad Stankovich 1992 yil 19 sentyabr kuni tavallud topgan. Bo‘yi 179 sm, og‘irligi 70kg, maydonda pozitsiyasi yarim himoyachi. Oxirgi jamoasi “FK Sindelik”. Ushbu jamoa safida Serbiya Birinchi ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Umuman olganda, Nenad so‘nggi to‘rt mavsumni aynan shu klub safida o‘tkazgan.
    «Qo‘qon-1912» tarkibiga shu kunlarda yana bir legioner futbolchi, bu safar hujumchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

    Manba: www.pfl.uz

    » » «Qo‘qon-1912» safiga serbiyalik futbolchilar kelib qo‘shilishdi