14:00 / 24.01.2019
4 467

Nurmagomedov Makgregor bilan jangda nimalarni his qilgani haqida gapirdi

Nurmagomedov Makgregor bilan jangda nimalarni his qilgani haqida gapirdi
UFC’ning yengil vazndagi rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedov irlandiyalik sportchi Konor Makgregor bilan jangda nimalarni his qilgani haqida gapirib berdi.

Nurmagomedov raqibini bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Jang oldidan sportchilar bir necha bor mojaroga borib, bir-birlarini haqorat qilishdi. Jangdan so‘ng rossiyalik oktagondan tashqarida mushtlashuv keltirib chiqardi.

«Uning yuziga har gal urganimda xursand bo‘ldim. Sen haqingda ko‘plab nomaqbul gaplarni aytgan odamni do‘pposlash yoqimli. Men har bir zarbadan zavqlandim. Men unga: «Kel, gaplashib olamiz», dedim. U esa ikkinchi yoki uchinchi raunddan keyin shunday dedi: «Bu shunchaki biznes». U meni tinchlantirishga harakat qildi. «Bu sparring emas - biz davom etamiz», - deya javob qaytardim men. Ehtimol, u mening inglizcha gapirganimni tushunmadi.

Jangdan keyin nazoratni biroz yo‘qotib qo‘ydim. Jangdan oldin otam menga shunday degandi: «Tinchlan, uni eshitma. Faqat o‘z ishingni qil». Otam jangdan keyin meni xatti-harakatlarim uchun jazolashni istaganida, unga shunday dedim: «Biz jangdan keyin nima qilishim kerakligi haqida gaplashmadik. Biz faqat jang paytidagi holat haqida so‘zlashdik. Nima yuz bergani esa hammaga ma’lum», - dedi Nurmagomedov 15 MOF’ga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nurmagomedov Makgregor bilan jangda nimalarni his qilgani haqida gapirdi