Yaponiya termasi Vetnamni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi

  • 24 yanvar 2019, 20:32
  • 1 339
  • Sport
  • Yaponiya termasi Vetnamni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi
    Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan Vetnam va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Dubayda bo‘lib o‘tgan bahsda yaponlarning qo‘li baland keldi.

    Uchrashuvning ilk bo‘limi nominal mehmonlar ustunligida o‘tdi, biroq Vetnamda ham bir qator juda qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Yaponiyaliklar birinchi bo‘limda gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, biroq VAR tizimidagi hakamlar hujum paytida to‘p qo‘lga tekkanligi sabab, ushbu golni inobatga olishmadi.

    Ikkinchi bo‘lim ham ikki jamoaning faolligida boshlandi. O‘yin debyutida Ritsu Doan raqib jarima maydonida qo‘pollik bilan to‘xtatildi. Dastlab hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi, biroq VAR tizimi yordamida penalti borligi aniqlandi.

    11 metrlik jarima zarbasini jabrlanuvchining o‘zi aniq bajarib hisobni ochdi. Qolgan vaqt davomida ikki jamoada ham bir nechta xavfli vaziyatlar bo‘ldi, biroq ulardan samara bo‘lmadi.
    Shu tariqa, Yaponiya terma jamoasi ilk yarim finalchiga aylandi. Ular keyingi bosqichda Xitoy – Eron juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadilar.

    Osiyo Kubogi
    Chorak final
    Vetnam – Yaponiya 0:1 (0:0, 0:1)
    Gol: 0:1 – 57, penalti Doan.

    Vetnam
    – Dang Van Lam, Doan Van Xau, Kue Ngok Xay, Buy Ten Zung, Do Zyui Man, Do Xung Zung, Nguyen Chong Xoang (Nguyen Fong Xong Zuy, 63), Fan Van Dik (Liong Syuan Chiong, 75), Nguyen Kuang Xay, Nguyen Xyui Xung (Nguyen Van Toan, 54), Nguyen Kong Fiong.
    Yaponiya – Gonda, Yoshida, Tomiyasu, Nagatomo, Endo, Xaraguchi (Inui, 79), Shibasaki, Minamino (Shiotani, 89), Doan, Sakai, Kitagava (Osako, 72).
    Ogohlantirishlar: Buy Ten Zung (56), Doan Van Xau (60).

    Manba: www.uff.uz

    » » Yaponiya termasi Vetnamni mag‘lub etib, ilk yarim finalchiga aylandi