00:05 / 25.01.2019
4 062

Eron termasi Xitoyni yirik hisobda yengdi va yarim finalga yo‘l oldi

Eron termasi Xitoyni yirik hisobda yengdi va yarim finalga yo‘l oldi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan Xitoy va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Unda forslar raqibga imkon qoldirishmadi.

18-daqiqada xitoyliklar himoyachisi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi, undan esa forslar unumli foydalanishdi. Sardor Azmun bitta pas bilan Mehdi Taremini qulay imkoniyatga chiqarib yubordi, u esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

31-daqiqa endi Azmunning o‘zi “katta sahna”ga chiqdi va jamoasining ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘limda xitoyliklar biroz jonlanishdi, biroq eronliklar butun o‘yin davomida vaziyatni nazorat qilishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Karim Ansorifard o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Eron keyingi bosqich masalasini hal qildi va yarim finalda Yaponiya bilan to‘qnash keladi.

Osiyo Kubogi
Chorak final

Xitoy – Eron 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar:
0:1 – 18 Taremi, 0:2 – 31 Azmun, 0:3 – 90+1 Ansorifard.

Xitoy – Yan Szyunlin, Chen Ji, Lyu Yan, Shi Ke, U Si (Chao Syuyji, 25), Xao Szyunmin, Chan Chendun, Fen Syaotin (Syao Chji, 28), U Ley (Yuy Dabao, 75), Imin Lyu, Gao Lin.
Eron – Beyronvand, Kanaanizadegan, Puraliganji, Hojsafi, Muhammadi, Dejagoh (Cheshmi, 76), Ibrohimi, Jahonbaxsh (G‘oddos, 68), Rizoyan, Taremi, Azmun (Ansorifard, 86).
Ogohlantirishlar: Taremi (67), Syao Chji (78).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron termasi Xitoyni yirik hisobda yengdi va yarim finalga yo‘l oldi