07:24 / 25.01.2019
4 374

"Surxon" kimning o‘rniga Superligaga chiqadi?

"Surxon" kimning o‘rniga Superligaga chiqadi?
"Surxon"ga oid gap-so‘zlar ko‘payib ketgan bir paytda bizning bir savol qiynayapti. "Surxon" Superligani kengayishi evaziga kuchlilar safiga qo‘shiladimi yoki biron klub o‘rniga?
Tabiiyki, "Surxon"ni Superligaga qo‘yish uchun yagona asos bu hududda futbolni yo‘qligi. Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, "Buxoro", "Qizilqum, "So‘g‘diyona", "Navbahor", "Qo‘qon-1912", "Nasaf", "Andijon" jamoalariga tegilmaydi. Sababi bu jamoalar o‘z viloyatlarining yagona klublari hisoblanadi. Bizda 2 ta variant qolayapti.
Birinchi variant bu Toshkent viloyatining ikki jamoasidan biri bo‘lishi. AGMK OChLda yurtimiz sharafini himoya qiladi. "Metallurg" qolayapti. Toshkentda esa "Paxtakor" va "Lokomotiv" OChL ishtirokchilari, bu yerda "Bunyodkor" qolayapti. Bu ikki klub ham hech qanday asossiz Superligadan chetlatilina olmaydi. "Bunyodkor"ning yagona muammosi Simonenko edi va bu hal qilindi. "Mash’al"ni badarg‘a qilish orqali OTJga "zarba" berilganligini hali tushunib yetmagan ko‘rinasizlar. Shu kungacha OTJ "Mash’al", "Paxtakor" va "Bunyodkor" asosida shakllanib kelgan. Hozirgi "Mash’al"da esa hech kim qolmadi hisob.

O‘FA va PFLga bir taklif! Kelinglar, oilasini shu klublarda ishlab qora qozonini qaynatib turgan klublarga teginmaymiz. Agar "Surxon"ni qo‘shish niyatingiz bo‘lsa, Diyor Imomxo‘jayev yodga olib o‘tgan AGMK voqeasini ko‘rishimiz mumkin bo‘lsa, o‘sha yilda bo‘lgani kabi tuppa-tuzuk jamoani yo‘q qilish orqali emas, liga ishtirokchilari sonini oshirish orqali amalga oshiring. Biz bunisiga hech qanday qarshilik qilmaymiz, ammo meva berib turgan klubni chetlatish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" kimning o‘rniga Superligaga chiqadi?