10:43 / 25.01.2019
3 278

De Yong nega "Manchester Siti" va PSJning takliflarini rad etganini aytdi

De Yong nega "Manchester Siti" va PSJning takliflarini rad etganini aytdi
Kuni kecha "Barselona" bilan shartnoma imzolagan gollandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong nega "Manchester Siti" va PSJning takliflarini rad etganini tushuntirib berdi.

“Men Gvardiola bilan ham, Tuxel bilan ham gaplashdim. Mening bu qarorim "Manchester Siti" yoki PSJni yomon ko‘rishimni anglatmaydi. Men shunchaki "Barselona"da o‘ynashni orzu qilganman.

Ispaniya chempionati juda kuchli. Bunga hech qandan shubham yo‘q. Buskets o‘z pozitsiyasida dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri. Men tarkibda doimo asosiy tarkibda o‘ynashga da’vo qilmayman. Chunki, men endigina 21 yoshdaman”, - deydi de Yong.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” de Yong uchun “Ayaks”ga 75 mln yevro to‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Yong nega "Manchester Siti" va PSJning takliflarini rad etganini aytdi